Erkak xotinini bir yarim yilga hojatxonaga qamab qo‘ydi

Obuna bo‘lish
Hindistonning Panipat shahrida politsiya xodimlari eri tomonidan hojatxonada qamab qo‘yilgan ayol qutqarildi.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Hindistonning Panipat shahrida hojatxonada qamab qo‘yilgan ayol qutqarildi. Ayol u yerda bir yarim yil ushlab turgan ekan. Bu haqda RIA Novosti Daily Mail nashriga asosan xabar qildi.

Kozya ferma v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Echki ikki oyoqda yurishni “o‘rgandi” va hind qishlog‘ida turizmni tikladi – video

Bu holat haqida mahalliy kishilar ayollarni himoya qiluvchi tuman zobitiga qilgan murojaatidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Voqea joyiga kelgan politsiya uch farzandning onasi 0,8 kvadrat metrli hojatxonada qamab qo‘yilganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol u yerda 18 oy vaqt o‘tkazgan ekan.

Ayol shu qadar holsizlangan ediki, qo‘yib yuborilgandan keyin o‘zi mustaqil yurishga qiynaldi.

Erkak xotini ruhiy kasallikka chalinganligini aytdi, ammo buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmadi. Keyinchalik u hibsga olingan.

Jabrlanuvchi avval kasalxonaga jo‘natildi, so‘ngra qarindoshining qaramog‘iga o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0