TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Hindistonning turli hududlaridan mamlakatning Telvar qishlog‘iga ko‘plab sayyohlar kelmoqda. Sababi – u yerda eski ikki oyoqda yurishni “o‘rgandi”.
The Daily Mail nashri yozishicha, qishloqda istiqomat qiluvchi kishilar echkini shunday yurishga o‘rgatishdi. Ular bir necha hafta davomida hayvon bilan mashq qilishdi.
Echki haqida yangiliklar paydo bo‘lgandan so‘ng qishloq mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylandi. Boshida qo‘shni qishloqlardan, keyin esa butun Hindistondan sayyohlar kelishni boshladi.