O‘zbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda

© Sputnik / Kostis Ntantamis / Mediabankka o‘tishOslablenie karantinnogo rejima v Gretsii
Oslablenie karantinnogo rejima v Gretsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bozorlar atrofida istalgan rang va o‘lchamdagi niqoblarni topish mumkin. Ammo ayrim fuqarolar o‘z sog‘lig‘iga bee’tiborlik bilan qaramoqda. Nega niqobsiz yuribsiz, degan savolga hatto o‘shqirib, kuch ishlatish bilan dag‘dag‘a qilishmoqda

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda karantin qoidalari yumshatilishi e’lon qilinishi bilan aholi o‘rtasida karantin qoidalariga amal qilish borasida bemalolxo‘jalik bilan yondashish kayfiyati sezila boshladi va bu kayfiyatning kundan-kunga avj olayotganini ko‘rish mumkin, deb xabar qiladi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© SputnikV Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a lyudi uje maski ne nosat
O‘zbekistonda maska rejimi bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a lyudi uje maski ne nosat

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi karantin choralari yumshatilishi haqida e’lon qilganida fuqarolardan ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, dezinfeksiya va boshqa sanitariya-gigiyena talablariga so‘zsiz amal qilish zarur va shartligi haqida ogohlantirgan edi.

Ammo bugun ko‘chalarda odamlar go‘yoki ikki lagerga bo‘linganiga guvoh bo‘lish mumkin. Birinchi lagerdagilar niqobda, hatto qo‘llariga qo‘lqop kiyganlardan iborat. Quyoshga yoki shunchaki aksirib yuborsangiz, sizdan darhol uzoqlashishadi va bu holat allaqachon odatiy tus olgan. Hech kim bunday "bemehrlikdan" ranjimay qo‘ygan. Sog‘lik muhimroq-da.

Ikkinchi lagerdagilar esa: Maxsus komissiya iltimosiga qo‘l siltab qo‘ygan, allaqachon o‘zini pandemiyagacha bo‘lgan davrdagidek his eta boshlab yoki umuman niqobsiz yurgan yoki "maskam bor-ku, mana" tarzida niqobini tomog‘ining tagiga osiltirib olganlardir.

© SputnikMasochniy rejim nikto ne otmenyal, a lyudi maski ne nosat
O‘zbekistonda maska rejimi bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Masochniy rejim nikto ne otmenyal, a lyudi maski ne nosat

Misol uchun, hozirgi kunga kelib e’tibor bersak, jamoat joylarida himoya niqobini taqmay yurganlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ko‘pligini ko‘rish mumkin.

Bozorlardagi sotuvchilar ham uch-to‘rttadan bo‘lib olib, oraliq masofalarsiz yoki himoya niqoblarisiz o‘zoro suhbatlashib o‘tirganliklarini ko‘rish mumkin. Kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqmaysizmi, degan savolga, "Biz sog‘lommiz, yo‘talmayapmiz, taqib olamiz, gaplashib olaylik", deya javob qaytarishdi.

© SputnikV Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a mnogie uje maski ne nosat
O‘zbekistonda maska rejimi bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a mnogie uje maski ne nosat

"Nega maskasiz yuribsiz?", degan savolga, o‘dag‘aylab, "san kimsan, hozir telefoningni sindirib tashlayman, nega mani rasmga olasan", deya javob qaytargan zo‘ravonlar ham bo‘ldi.

IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosovning ta’kidlashicha, karantin qoidalariga amal qilmayotgan fuqarolarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilganda, huquq tartibot xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat yuzasidan aholi o‘rtasida provokatsion negativ fikrlar tarqalib ketgan. Shu bois, IIO xodimlari bugun bu masalaga qattiq qarashmayapti. Ammo joylarda Milliy Gvardiya, huquq tartibot xodimlari va YPX xodimlariga aholi o‘rtasida karantin qoidalariga amal qilishni talab qilish vazifasi yuklatilganligi, ular ushbu vazifani imkon qadar bajarayotganliklarini  aytadi.

© SputnikV Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a mnogie uje maski ne nosat
O‘zbekistonda maska rejimi bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a mnogie uje maski ne nosat

Shuningdek, agarda jamoat joylarda aholi o‘rtasida karantin oidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari yuzaga kelsa, masalan, tunda jamoat joylarida fuqarolarning to‘planib, himoya niqoblarisiz muloqotda bo‘layotganliklari, karantin qoidalarini mensimaslik holatlari kuzatilsa, ularni ogohlantirish, ogohlantirishdan so‘ng yana takrorlansa vaziyatdan kelib chiqqan holda keskin choralar ko‘rilmoqda.

© SputnikV Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a mnogie uje maski ne nosat
O‘zbekistonda maska rejimi bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V Uzbekistane masochniy rejim nikto ne otmenyal, a mnogie uje maski ne nosat

Yana kimdir karantin qayta tiklanishini istamoqdami, yo‘q, karantindan hamma charchagan. Unda nega niqob rejimi bekor qilinmagan bo‘lsada, ko‘chada niqobsiz yurish darkor?

Bu savolga javob: o‘z sog‘lig‘iga beparvolik, atrofdagilar salomatligiga bepisandlikmi?

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ilgariroq niqoblar haqida to‘xtalar ekan: "niqoblar infeksiya yuqishidan 100 foiz himoyalay olmaydi. Biroq koronavirus infeksiyasi tashuvchisi niqobdan foydalanganida, uning virusni boshqa odamga yuqtirish ehtimoli bir necha martaga kamayadi. 

Lyudi na ulitse v Djakarte (Indoneziya) v zashitnix kostumax nesut grob - Sputnik O‘zbekiston
Indoneziyada niqob taqmaganlar tobutga yotqizib qo‘yilib jazolandi

Shuning uchun niqoblar mabodo siz simptomsiz, koronavirus infeksiyasining tashuvchisi bo‘lsangiz hamda o‘zingiz bundan bexabar bo‘lsangiz, virusni boshqalarga yuqtirish ehtimolini keskin kamaytirish uchun kerak. Avvalo, ta’kidlash lozimki, ba’zi davlatlarda niqob taqish butunlay bekor qilingani yo‘q. Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa aholi to‘planadigan joylarda niqob taqish talabi saqlanib qolgan, faqatgina ko‘chada yurganda ijtimoiy masofa saqlagan holda  niqobsiz yurish tavsiya etilgan. Har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. Bizda epidemiologik vaziyat barqarorlashmaguncha niqob taqish shart", deya ta’kidlagan edi.

Aytgancha, kuni kecha, 8-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 443 holatda kasallik qayd etilgan, yana olti kishi infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Shu bilan jami qurbonlar soni 360 nafarga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0