Hodisalar

Namanganda 9 yashar bola traktor tirkamasiga osilib, vafot etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtishSkoraya pomoщ
Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hodisa yarim tunga yaqin sodir boʻlgan: 9 yoshli bolakay traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilgan va ogʻir jarohatlar olgan

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida traktor tirkamasiga osilgan 9 yoshli bola vafot etdi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

V Buxarskoy oblasti pritsep traktora oprokinulsya v kanal: dve jenщinы pogibli - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Buxoroda traktor tirkamasi ostida qolib ketgan ikki ayol halok boʻldi

Hodisa 13 oktyabr kuni soat 22:30 larda sodir boʻlgan.

"Yangiyer-Uchqoʻrgʻon" yoʻlining 3-kilometrida 53 yoshli fuqaro fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan "MTZ-80" traktorini tirkama ulagan holda harakatlanib ketayotgan vaqtida, 3-sinfda oʻqigan, 9 yoshli bolakay traktor tirkamasining orqa tomonidan osilib, yerga yiqilib tushgan.

Natijada, bola bosh va jagʻ qismidan tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0