Buxoroda traktor tirkamasi ostida qolib ketgan ikki ayol halok bo‘ldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Buxarskoy oblasti pritsep traktora oprokinulsya v kanal: dve jenshini pogibli
V Buxarskoy oblasti pritsep traktora oprokinulsya v kanal: dve jenshini pogibli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Traktor haydovchisi transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda traktor tirkamasi sirpanib zovurga ag‘darilgan.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Buxoro viloyati Romiton tumanida traktor tirkamasining zovurga ag‘darilishi oqibatida ikki nafar ayol hayotdan ko‘z yumdi.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Boysunda beton to‘siqqa borib urilgan KAMAZ haydovchisi halok bo‘ldi

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 12-may kuni “Normurod Niyoz” fermer xo‘jaligi dala hududida sodir bo‘lgan. 45 yoshli traktor haydovchisi transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda traktor tirkamasi sirpanib zovurga ag‘darilgan. Bunga yomg‘ir yog‘ib, yo‘llar loy bo‘lganligi sabab bo‘lgan.

Natijada tirkama ustida bo‘lgan ikki nafar 33 yoshli va 34 yoshli ayol halok bo‘lgan. Yana bir 38 yoshli ayol tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0