Qirg‘iziston bosh vaziri Jeenbekov bilan uchrashuvda nimalarni muhokama qilishini aytdi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan DosaliyevPremyer-ministr Sadir Japarov vo vremya vstrechi s prezidentom KR Sooronbayem Jeenbekovim. Arxivnoe foto
Premyer-ministr Sadir Japarov vo vremya vstrechi s prezidentom KR Sooronbayem Jeenbekovim. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri Sadir Japarov bugun mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashmoqchi.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov prezident Sooronbay Jeenbekov ularning birinchi kelishuviga binoan iste’foga chiqishi kerak deb hisoblaydi. U bu haqda Ala-Archa davlat qarorgohidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Kandidat na post premyer-ministra Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston
Sadir Japarov Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

“Men bugun prezident bilan uchrashuv o‘tkazmoqchiman. Xalq uning iste’foga chiqishini talab qilmoqda. Men biz birinchi kelishuvga qaytishimiz kerak deb hisoblayman, unga binoan Sooronbay Jeenbekov vaziyat barqarorlashgandan so‘ng iste’foga chiqadi. Bugun kechga qadar davlat rahbari bilan uchrashmoqchiman. U sobiq prezident maqomini saqlab qoladi”, - dedi Japarov. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.

14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini ma’qulladi. Respublika prezidenti Sooronbay Jeenbekov Japarov boshchiligidagi Hukumatning yangi tarkibini tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Qirg‘izistonda Jeenbekovga nisbatan impichment jarayoni boshlandi

Avvalroq  Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qonunchilik barqaror topganidan so‘ng iste’foga chiqishga tayyor ekanini bildirgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, hech qanday lavozim mamlakat butunligi va xalq tinchligini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi.

Yangiliklar lentasi
0