TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov nomzodini bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.
Jogorku Kenesh majlisida 83 nafar deputat ishtirok etgan.
Shuningdek, deputatlar hukumat tarkibi, tuzilishi va dasturini ma’qullagan. Endi qaror mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovga Vazirlar mahkamasi a’zolarini tayinlash uchun yuboriladi.
Qirg‘iziston parlamenti 10-oktabr kuni Sadir Japarov boshchiligidagi Vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagan edi. Ammo mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamentining ushbu qarorini noqonuniy deb topgan edi. Chunki Japarov tasdiqlangan yig‘ilishda kvorum ta’minlanmagan. Kvorumsiz qabul qilingan qarorlar noqonuniy va yuridik kuchga ega emas.