TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bishkek hududida takroran favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bunga Jogorku Kenesh uch kun ichida avval poytaxt hududida favqulodda holat joriy etilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqmaganligi sabab bo‘lgan.
Yangi farmonda yozilishicha, favqulodda holat 12-oktabr soat 20:00 dan 19-oktabr soat 7:00 gacha kiritiladi. Lekin bu farmon ham parlament tomondan tasdiqlanmasa, favqulodda holat avtomatik ravishda 15-oktabr kuni bekor qilinadi.
MO davlatlari yetakchilari Qirg‘iziston bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqishdi
Prezident farmoniga binoan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Almazbek Orozaliyev komendant etib tayinlangan.
Qirg‘iziston kosasi to‘lgan kun - tartibsizliklarga nima sabab bo‘ldi
Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr kuni Sooronbay Jeenbekov farmoni bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda favqulodda holat e’lon qilingan edi. Favqulodda holat tartibi o‘sha kun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan boshlanib, 21-oktabr 8:00 gacha amal qilishi kerak edi.