TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi aytilgan edi.
Aniqlanishicha, 2020-yil 20-sentabr kuni soat 06.00 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubidan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.
Janjal vaqtida fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. S.X. protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.