TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Turkiyada Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olinmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur film xarajatlari uchun 7 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan bo‘lib, film kartinasi turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olinadi.
2 fasl, 26 qismdan iborat bo‘lgan filmning birinchi faslini tasvirga olish ishlari tez kunda boshlanadi.
Ayni damda Xorazmshohlar davriga oid tarixiy ko‘rinishdagi dekoratsiya barpo etila boshlaganiga qaramay, bosh rolni ijro etuvchi aktor hanuzgacha tanlanmagan.
Jaloliddin Manguberdi obrazini talqin etish uchun turk aktorlaridan biri tanlanishi mumkin.
Jaloliddin Manguberdi 1199-yilda Xorazmda tavallud topgan bo‘lib, 1169 — 1220-yillarda yashagan. U 1200 — 1220-yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning o‘g‘li. 1220-yilda otasi vafot etgach, 1221-yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga o‘tirgan va 10-yil davomida ushbu davlatni boshqargan so‘nggi hukmdor hisoblanadi.
U mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat ko‘rsatab, 1231-yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida o‘ldirilgan.