Samarqandda butun bir oila va ustalar tovuq go‘shtidan zaharlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrilavok s masom ptisi. Arxivnoe foto
Prilavok s masom ptisi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir oilaning 10 nafar a’zosi va shu xonadonda qurilish ishlarini olib borayotgan 5 nafar ustalar tovuq go‘shtidan zaharlandi.

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Samarqand viloyatida tovuq go‘shtidan kabob iste’mol qilgan 15 nafar shaxs zaharlandi. Bu haqda IIV Birlashgan tahririyati ma’lum qildi.

V bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda 65 kishi yoppasiga ovqatdan zaharlandi

5 oktabr kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialiga 15 nafar shaxs “metgemoglobin hosil qiluvchi birikmalardan zaharlanish” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 05:30 larda Samarqand shahrida yashovchi, 33 yoshli O. T. xonadonida uy sharoitida tovuq go‘shtidan kabob taomini tayyorlagan. Shu taomdan o‘zi bilan birga yashovchi 10 nafar oila a’zolari: turmush o‘rtog‘i, farzandlari, onasi, kelinoyisi, jiyanlari va shu xonadonda qurilish ishlarini olib borayotgan 5 nafar ustalar iste’mol qilishgan. Birozdan so‘ng o‘zlarini yomon his qilishgach, tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolash ishlari olib borilgan. Hozirda tegishli soha xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0