Moskva hukumati shaharda mehnat migrantlari kamayganini ma’lum qildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta
Rabochie na stroitelstve avtomobilnogo mosta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amaldor ayrim holatlarda ishchi kuchi yetishmasligi loyihalarning amalga oshirish muddatini keyinga qoldirishga olib kelayotganini ta’kidladi.

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Moskva hukumati pandemiyadan keyin shaharda mehnat migrantlari kamayganini qayd etdi. Bu haqda RIA Novostiga iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha shahar merining o‘rinbosari Vladimir Yefimov ma’lum qilgan.

Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlar uchun "malyar ishi" - bepul o‘quv kurslari ochildi

“Afsuski, ha. Bizda ko‘p migrantlar qurilishlarda va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ishlardi. Biz biznes, qurilish sohasidan birinchi navbatda mehnat resurslari taqchilligi haqida signal olyapmiz”,  -deya javob berdi Yefimov pandemiyadan keyin migrantlar kamaygani kuzatilyaptimi degan savolga.

Amaldor ayrim holatlarda ishchi kuchi yetishmasligi loyihalarning amalga oshirish muddatini keyinga qoldirishga olib kelayotganini ta’kidladi.

“Lekin umuman olganda vaziyat yetarli darajada barqaror. Mamlakatda qolgan va ishlashni davom ettirayotgan kishilar soni shaharni tozalash va asosiy loyihalarni bajarish bilan bog‘liq asosiy vazifalarni ijro etish uchun yetarli”, - deya qo‘shimcha qildi Yefimov.

Avvalroq Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin ham qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayotganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0