TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Moskvada mehnat migrantlari uchun yangi bepul o‘quv kursi ochildi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
"Malyar ishi" nomli bepul o‘quv kurslari 8-oktabrdan boshlanadi va darslar seshanba, payshanba va juma kunlari soat 19:30 dan 22:00 gacha bo‘lib o‘tadi. O‘qish davomiyligi rus tili - 1 oy (72 soat), kasb bo‘yicha - 2 oy (144 soat), - deyilgan xabarda.
Darslar 26-sonli Arxitektura, Dizayn va Reinjiniring kolledjida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Moskva sh., Sovxoznaya ko‘chasi, 2-uy, str. 1. "Lyublino" metro bekati yaqinida. Aloqa uchun telefon: +7 (926) 687-46-19. Telegram bot: @uzrivoj_bot
Xabarda aytilishiga ko‘ra, kursga qatnab o‘qishga imkoni bo‘lmaganlar uchun o‘quv markazida yotoqxona tashkil etiladi. Mehnat migrantlari uchun o‘qish va turar joy xarajatlari bepul bo‘ladi.
O‘qish yakunida "World skills" standartlari asosida malaka darajasini ko‘rsatuvchi skills passport (malaka pasporti) beriladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, "World skills Uzbekistan" assotsiatsiyasi, "World skills Russia" ittifoqi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.