TOShKENT, 7 okt — Sputnik. 2020-yil 8 oyi davomida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 314,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70,1 ming AQSh dollariga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar: Vyetnam – 219,7 ming, Braziliya – 67,1 ming, Germaniya – 11,1 ming, Rossiya – 4,6 ming, Turkiya – 3,9 ming, Gruziya – 3,5 ming, Ispaniya – 1,1 ming AQSh dollari.
Samarqand viloyati eng ko‘p ya’ni, qiymati 121,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan.