TOShKENT, 6 okt — Sputnik. 2020 yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln AQSh dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qirg‘iziston – 3,4 mln, Qozog‘iston – 2,1 mln, Afg‘oniston – 1,5 mln, Turkmaniston – 1,2 mln, Tojikiston – 1,1 mln, Turkiya – 956,7 ming AQSh dollari.
O‘zbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan dori-darmon import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln AQSh dollariga kam.
O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar: Hindiston – 102,9 mln, Rossiya – 59,9 mln, Ukraina – 46,1 mln, Latviya – 46,0 mln, Xitoy – 34,1 mln.