TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Eron Boku va Yerevan hukumatlariga mamlakat hududi bo‘ylab tasodifan snarad va raketa tushganligi munosabati bilan rasmiy norozilik notalarini yo‘lladi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzoda ma’lum qildi.
“Eron TIV Ozarbayjon va Armanistonga mamlakatimiz hududi bo‘ylab tasodifan snarad va raketa tushganligi munosabati bilan rasmiy qat’iy norozilik notalarini yo‘lladi”, - dedi rasmiy vakil. Uning so‘zlaridan Eron TIV tashqi siyosiy idorasi matbuot xizmati iqtibos keltirgan.
Xatibzoda Tehron hech qanday holatlarda o‘z fuqarolarining hayotiga beparvolik bilan qaramasligini qo‘shimcha qildi.
“Har ikki tomonni <...> Eron suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va bunday yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakatlarning oldini olish uchun zaruriy choralar ko‘rishga chaqiramiz”, - dedi u.
5 oktabr kuni “Tasnim” agentligi Tog‘li Qorabog‘dagi qurolli to‘qnashuvlarda uchirilgan bir necha snarad Eron hududiga tushganini xabar qilgan edi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ular Eron shimolidagi chegara yaqinida joylashgan Xoda-Ofarin aholi punktidan uzoq bo‘lmagan joyga tushgan. Natijada 6 yoshli bola jarohat olgan. Shuningdek, bir necha xonadon va qishloq xo‘jaligi mulklariga zarar yetgan.