BMT bosh kotibi Qirg‘izistondagi protestlar bo‘yicha munosabat bildirdi

© Sputnik / Roman Maxmutov / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro tashkilot, e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Qirg‘izistondagi vaziyatni tartibga solishda vositachilik qilishga tayyor

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘izistonda sodir bo‘layotgan norozilik aksiyalaridan tashvishdaligini bildirib, qirg‘izistonliklarni muloqotga chorlagan. Bu haqda BMT Axborot markazi saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.

Uchastniki aksii protesta v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda oqshom qanday o‘tdi - tunning 6 ta eng muhim voqeasi

Xabarda qayd etilishicha, tashkilot yuzaga kelgan vaziyatni tartibga solish bo‘yicha urinishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

"Antoniu Guterrish Qirg‘izistondagi 4 kotabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari munosabati bilan 5-oktabr kuni boshlangan protestlar bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Protestlar davomida bir kishi halok bo‘lgan, yuzdan ziyod insonlar jarohatlanganlar", - deyiladi bayonotda. Ushbu bayonotni bosh kotib nomidan uning matbuot-kotibi o‘qib eshittirgan.

O‘zbekiston TIV Qirg‘izistondagi voqealar yuzasidan tashvish bildirdi >>>

Qayd etilishicha, Bosh kotib bir kishining o‘limidan chuqur afsusdaligini bildirgan va voqealarning barcha ishtirokchilarini maksimal darajada bosiq bo‘lishga hamda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.

U BMT vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday sa’y-harakatlarni, shu jumladan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiyasi mintaqaviy markazi orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyorligiga ishontirgan.

Yangiliklar lentasi
0