TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi, deb aytdi Rossiya Liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning keskinlashishiga mojaro ishtirokchilarida qurol-yarog‘ning ko‘pligi sabab bo‘lgan. Faqat to‘liq demilitarizatsiya (qurolsizlantirish) muammoni hal qilishi mumkin.
"Zakavkaziyada to‘liq demilitarizatsiyani amalga oshirish kerak. Bugun barcha tomonlarning qo‘lida bo‘lgan bunday qurol hajmi bilan Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro hech qachon tugamaydi", - deb yozgan Jirinovskiy Telegram-kanalida.
Jirinovskiy Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat haqida birinchi marta fikr bildirayotgani yo‘q. Bundan avval fraksiya rahbari tan olinmagan respublikani Rossiyaning tarkibiga kiritish va hududga xalqaro maqom berishni taklif qilgandi.