Rossiya chegaralari yana yopilishi mumkin - Federatsiya kengashi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPassajiri v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve
Passajiri v mejdunarodnom aeroportu Sheremetyevo v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani tufayli Rossiya chegaralari yopilishi va parvozlar soni qisqartirilishi istisno qilinmayapti

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Federatsiya kengashi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani tufayli Rossiya chegaralari yopilishi va parvozlar soni qisqartirilishini istisno qilmayapti. Bu haqda Federatsiya kengashi ijtimoiy qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Valeriy Razanskiy ma’lum qildi.

Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
“Tojdor virus”ni qachon takroran yuqtirib olish mumkin?

“Albatta, RF chegaralarini yopishimiz mumkin, bunga qarab ketapmiz”, - dedi siyosatchi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U odamlar qanchalik ko‘p bir joy ikkinchi joyga harakat qilsa, shuncha kasallanish soni ko‘p bo‘lishini ta’kidladi.

Razanskiy qator mamlakat jiddiy choralar ko‘rayotganini ma’lum qilib, davlat karantinini qayta joriy etgan Isroilni misol qilib ko‘rsatdi.

Rossiyada so‘nggi ikki kun ichida aniqlangan yangi COVID-19 holatlari ilk bor may o‘rtasidan buyon 10 mingdan oshmoqda.

Koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabining RIA Novostiga izoh berishicha, Rossiyada chegaralarni yopish yoki aviaqatnovlarni cheklash rejalashtirilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosqichma-bosqich qator mamlakatlar bilan muntazam parvozlarni tiklab, chegaralarini ochmoqda. Jumladan, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan parvozlarni tiklagan.

Yangiliklar lentasi
0