O‘zbekistonda sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqildi. U bilan sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda sovuq qurol olib yurganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqildi. Shu asosda Jinoyat kodeksining 104 va 105-moddalarining ikkinchi qismidagi bandlar o‘zgartirilmoqda.

Mujchina derjit pistolet. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘zi bilan sovuq qurol olib yuruvchi shaxslarga jazo turlari belgilandi

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 14, 245, 287-moddalari to‘ldirilib, kodeksga yangi 185-2 va 185-3-moddalari qo‘shilmoqda.

Xususan, 185-2-moddaning birinchi qismida fuqarolar tomonidan jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maishiy maqsadlarda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi belgilanmoqda.

pistolet Makarova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori ma’lum bo‘ldi

Ushbu moddaning ikkinchi qismida kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sovuq qurol yoxud sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni jamoat joylarida olib yurganlik uchun huquqbuzarlik ashyosini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu moddaning uchinchi qismida o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan o‘zini o‘zi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan narsalarni olib yurish uchun huquqbuzarlik ashyosini musodara qilib, BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish bilan bog‘liq javobgarlik kiritish ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, qonunning ma’qullanishi sovuq qurol, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan boshqa ashyolar, shuningdek pichoqdan foydalangan holda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning kamayishiga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0