O‘zbekistonda o‘zi bilan sovuq qurol olib yuruvchi shaxslarga jazo turlari belgilandi

CC0 / pixabay / Mujchina derjit pistolet. Illyustrativnoe foto
Mujchina derjit pistolet. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish tartibini buzgan shaxslar jarima va qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga IIV tomonidan yangi o‘zgartirishlar kiritilgan qonun loyihasi joylashtirildi.

pistolet Makarova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qurolga ruxsatnoma berish uchun yig‘im miqdori ma’lum bo‘ldi

Unga ko‘ra, kasbiy, sport faoliyati yoki maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda sovuq qurollar,  sport va xo‘jalik-maishiy ashyolarini jamoat joylarida olib yurgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima solinadi.

Sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolar esa un olib yurgan shaxsdan musodara qilinadi.

Agar fuqaro ushbu sovuq qurollar yoki ashyolarni o‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida olib yurgan bo‘lsa, u holda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima belgilanib, 15 sutkagacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Snayperskiy pritsel - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi eng ko‘p qurol eksport qiluvchi davlatlar nomlari e’lon qilindi

Bundan tashqari, tig‘  yoki keskichi uzunligi 90 mm.dan ortiq bo‘lgan, tugmasi yoki pishangi bosilganda sopidan avtomatik ravishda chiqariladigan, tezkor harakat hisobiga surilib chiqadigan avtomatik tig‘li sovuq qurollarni olib yurish ham qonunga muvofiq taqiqlanadi. Uni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, jo‘natish ham shular jumlasidandir.

Ushbu holatlar sodir etilganda javobgarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi.

Ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston hududiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ham mazkur qonunda ko‘rsatilgan jazoga asos bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0