“Tojdor virus”ni qachon takroran yuqtirib olish mumkin?

© AP PhotoNoviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV
Noviy koronavirus atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik virusolog, "Vektor" markazi laboratoriyasining sobiq mudiri Aleksandr Chepurnov COVID-19 COVID-19 infeksiyasini takroran yuqtirib olish vaqtini ma’lum qildi.

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Virusolog, "Vektor" markazi laboratoriyasining sobiq mudiri Aleksandr Chepurnov "Ura.ru" portaliga bergan intervusida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgan kishilarda bu infeksiyaga qarshi immunitet taxminan 6 oy davom saqlanib turadi, degan taxminni aytdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Unga ko‘ra, COVID-19 dan tuzalgan bemorlarda 3-4 oy ichida antitanachalar butunlay yo‘qolguncha kamayadi. Shu bilan birga, 5-6 oyga kelib, hujayra immuniteti koronavirus antigeniga javob berishni to‘xtatadi.

“Aprel va may oylarida kasal bo‘lganlar 6 oydan keyin yana yuqtirish xavfi ostiga tushadi”, - deydi Chepurnov.

Mutaxassis kasal bo‘lganlar sonining ko‘payishi koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirishga yordam bermaydi, deb hisoblaydi.

"Kasal bo‘lganlar yordamida jamoaviy immunitetni shakllantirishga endi umid yo‘q. <...> Bugun buning amalga oshirish imkoni yo‘qligi oydin bo‘ldi", - deydi virusolog.

Yangiliklar lentasi
0