TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Buyuk Britaniya va Malayziya biologlari turli xil hayvonlarning yangi SARS-CoV-2 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olishiga moyilligini o‘rgandilar. Tadqiqot natijalari Scientific Reports jurnalida chop etildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Olimlarning xulosalari asosan tirik hayvonlar ustida o‘tkazilgan laboratoriya tajribalariga, shuningdek yuqtirgan holatlar bilan mos keladi.
Qushlar, baliqlar va sudralib yuruvchilar yangi koronavirus infeksiyasiga chalinish xavfi mavjud emasligini, aksariyat sutemizuvchilar esa infeksiyani yuqtirib olishi mumkinligi aniqlandi.
Bundan avval mushuklar, itlar, qorakuzan, sherlar va yo‘lbarslarni yuqtirish holatlari qayd etilgandi. Laboratoriya tadqiqotlarida makakalar yuqtirish holatlari tasdiqlangandi.
Tadqiqotchilar SARS-CoV-2 virusi spayk-oqsilni turli sutemizuvchilarda ACE2 oqsili bilan o‘zaro ta’sirlashishini va u orqali hujayralarga kirib borishini o‘rganishdi.
Hozirgacha bu yuqtirishning yagona ma’lum mexanizmi, ammo mualliflar ba’zi hayvonlarda boshqacha bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.
215 turdagi hayvonlarda tadqiqot o‘tkazildi. Olimlar ACE2 oqsilidagi mutatsiyalar virus oqsili va egasining oqsili o‘rtasidagi aloqani o‘rganishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, odamlar bilan muntazam aloqada bo‘lgan sutemizuvchilarning 26 turi infeksiyaga moyil bo‘lishi mumkin. Xususan, bu qo‘ylar, shuningdek barcha maymunlar - shimpanze, gorillalar, orangutanlar va bonobolar. To‘g‘ri, mualliflarning ta’kidlashicha, qo‘ylar orasida yuqtirish holatlari hali qayd etilmagan, ammo test ham hali o‘tkazilmagan.