TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning fuqarolariga respublikaga koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi partiyasini yetkazib berganlik uchun minnatdorchilik izhor qildi. Tegishli bayonot uning Twitter᾽dagi sahifasiga joylandi.
“Sputnik V” allaqachon bu yerda. Biz koronavirusga qarshi bu vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlarini boshlagan G‘arbiy yarim shardagi birinchi mamlakat bo‘ldik. Venesuela xalqi nomidan men prezident Vladimir Putin va Rossiyaga xalqiga ko‘rsatilgan birdamlik uchun minnatdorchilik bildiraman”, - deya yozdi siyosatchi.
2 oktabr kuni Rossiya Venesuelaga “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasini yetkazib berdi. Bu Rossiya vaksinasining uni Rossiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin klinik sinovlarini o‘tkazadigan Lotin Amerikasidagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Uning sinovlarida ikki ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Veneueliklarni emlash yaqin kunlarda boshlanadi. Mamlakatning ijro etuvchi vitse-prezidenti Delsi Rodriges Venesuela “Sputnik V”ni o‘z hududida ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.