Surxondaryo prokuraturasi cho‘kib qolgan ko‘prik "ishi"ni qayta ochdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZnak obyezda
Znak obyezda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo prokuraturasi tez vaqtda yaroqsiz holga kelib qolgan ko‘prik ustidan qayta tekshiruv boshladi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Surxondaryo viloyati prokuraturasi qurilganidan 1-yilu 7 oy o‘tib yaroqsiz holga kelib qologan ko‘prik ishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaza boshladi.

Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda, mahalliy aholi yaqinda qurilgan ko‘prik yaroqsiz holga kelib qolgani va tez yordam va boshqa transport qishloqqa yetib borish uchun 20 km uzoq masofadan aylanib kelayotganini xabar qilgan edi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Jizzaxda dars paytida to‘satdan vafot etgan o‘quvchi haqida bayonot berdi

Prokuratura tomonidan aniqlanishicha, Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi
4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 metr bo‘lgan “Polvontosh” selgasi ustidagi ko‘prikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga cho‘kishi va ustki plitalari qulashi natijasida ko‘prik yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Surxondaryo viloyatavtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi mutaxassilari aniqlashiga ko‘ra pudratchi korxona “Surxon qurulish nazorat o‘lchov” MChJ tomonidan ushbu ko‘prik qurilish jarayonida 34 mln. so‘mlik ishlar bajarilmagan. 

Ushbu holat yuzasidan Termiz transport prokuraturasi tomonidan oldinroq tekshirish o‘tkazish boshlangan, lekin pandemiya vaqtida kiritilgan cheklovlar tufayli 18.06.2020 kuni jinoyat ishi bekor qilingan edi. 

Ushbu qaror 29.09.2020 yilda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

© Daryo.uzObrushenie mosta v Surxandarinskoy oblasti
Surxondaryo prokuraturasi cho‘kib qolgan ko‘prik ishini qayta ochdi - Sputnik O‘zbekiston
Obrushenie mosta v Surxandarinskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0