TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bosh prokuratura Jizzaxda dars paytida to‘satdan vafot etgan o‘quvchi haqida bayonot berdi.
Ta’kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, marhumaning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo‘lgan.
Tekshirish harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yilining ilk kunida 9-sinf o‘quvchisi dars vaqtida to‘satdan vafot etganligi haqida xabar qilingan edi.