TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqiqatdan ham Janubiy Koreya yetakchisiga koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng Seulga borishga va’da berdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Putin koreyalik hamkasbi Mun Chje In bilan mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30-yil to‘lishi munosabati bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Koreyaga borishga tayyorligini bildirganini xabar qilgan edi.
“Ha, haqiqatdan ham, Putin kecha uning janubiy koreyalik hamkasbi tiklagan amaldagi taklifnomaga ega. Va Putin u emlanish haqida qaror qabul qilgach, payti kelib bu iltifotli taklifdan albatta foydalanish niyatida ekanini tasdiqladi”, - dedi Peskov RIA Novostiga.
Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini avgust oyida ro‘yxatga oldi. U Gamaleya nomidagi markaz tomonidan yaratilgan va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek, Rossiyada “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan vaksina klinik sinovdan o‘tmoqda. Kuni kecha Rossiya SSV Chumakov nomidagi Ilmiy markaz tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsatnoma berdi.