Aripov o‘z vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi

Obuna bo‘lish
Har ikki davlat delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Aripov o‘z vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikistonda bo‘lib turibdi.

Har ikki davlat delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Aripov o‘z vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi.

“Fursatdan foydalanib, joriy yilda suv tanqis bo‘lishiga qaramasdan, qo‘shimcha suv yetkazib berganingiz uchun Tojikiston tomoniga alohida minnatdorlik bildiramiz”, - dedi u.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida turli sohalarda xususan, ilmiy markazlar o‘rtasida tajriba almashish muhim ahamiyatga ega. Aripov navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishini Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi.

O‘zbekiston uch viloyatidagi maydonlarni sug‘orish uchun Tojikistondan qo‘shimcha suv oladi

“Pandemiya vaqtida bir birimizni qo‘llab-quvvatlaganimiz hamkorlikning qay darajada mustahkam ekanini bildiradi. O‘zbekiston bu hamkorlikni davom ettirishga tayyor”, — O‘zbekiston bosh vaziri.

Tojikistonda O‘zbekiston bunyod etgan maktab ochildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0