Aripov: Tojikiston bilan o‘zaro tovar aylanmasini 1 mlrd $ ga yetkazish imkoniyatiga egamiz

© Press-slujba pravitelstva KirgizstanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kirgizstana Akramom Madumarovim
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vstretilsya s vitse-premyer-ministrom Kirgizstana Akramom Madumarovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri yaqin yillarda Tojikiston bilan o‘zaro savdo aylanmasi 1 milliard dollarga yetkazilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashdi.

Har ikki davlat delegatsiyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Abdulla Aripov iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar borasida borasida so‘z yuritdi.

Vistavka tovarov Uzbekistana v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

“Bizdagi statistikaga ko‘ra so‘nggi uch yilda har ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari ikki yarim barobarga oshdi. O‘zbekistonning Tojikistonga eksporti 2,1 barobarga oshgan bo‘lsa, Tojikiston eksporti qariyb 5 barobar ortdi. Bundan kelib chiqadiki, bizning munosabatlarimiz faqat bir tomonlama manfaatli hamkorlik emas, balki har ikki tomonga naf keltiradi”, - dedi Aripov.

Aripovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda pandemiya tufayli O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash pasaydi, ammo faqat Tojikiston bilan o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga oshib, 317 million dollarni tashkil etdi.

“Yaqin yillarda oldimizga qo‘yilgan vazifa — o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard AQSh dollariga yetkazish imkoniyatiga egamiz”, - dedi bosh vazir.

Ushbu maqsadda bozorlarga zarur va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish, savdo-sotiqdagi turli to‘siqlarni olib tashlash va qulay sharoitlar yaratish, birgalikda yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini tashkil etib, uchinchi davlatlarga eksportni amalga oshirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari hamkorlikni kuchaytirishga kelishdi

Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikistonda bo‘lib turibdi. Tashrif kun tartibida Hukumatlararo komissiyaning Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi hamda O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0