Iqtisod

Oʻzbekiston Tojikistonga mahsulotlar eksporti hajmini oshirdi

© Sputnik Amir Isayev / Vыstavka tovarov Uzbekistana v Dushanbe
Vыstavka tovarov Uzbekistana v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSH dollariga koʻp.

TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Joriy yilning 1 sentyabr holatiga Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi savdo aylanmasi 317,0 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Predsedatel Komiteta Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan po delam molodeji, kulturы i sporta Baxtiyor Sayfullayev v sostave parlamentskoy delegatsii naxoditsya v Tadjikistane. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

Bunda eksport ulushi 255,1 mln. AQSH dollari va import hajmi 61,9 mln. AQSH dollariga teng.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sakkiz oy mobaynida Tojikistonga amalga oshirilgan eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga solishtirilganda 65,1 mln. AQSH dollariga koʻp.

Maʼlumot shrnida, eksport tarkibida xizmatlar (72,1 mln.), kimyoviy vositalar va ulardan olinadigan mahsulotlar (42,9 mln.), oziq-ovqat mahsulotlari (38,9 mln.), energiya va neft mahsulotlari (28,8 mln.), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (20,4 mln.) va boshqa mahsulotlar 52 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 28-30 sentyabr kunlari Tojikistonga tashrifi arafasida ikki davlat oʻrtasida keng koʻlamli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0