Amerika gazining qo‘lidan Rossiya gazining o‘rnini bosa olish keladimi

© REUTERS / Maxim ShemetovLogotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub
Logotip proyekta Severniy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi paytlarda “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlanishi muammosi ortidan tez-tez ommaviy axborot vositalarida Rossiya yetkazib berishisiz Yevropa Amerikaning qimmat suyultirilgan tabiiy gazi uchun ko‘p ortiqcha pul to‘laydi degan fikrlar yangramoqda.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. So‘nggi paytlarda “Shimoliy oqim-2” qurilishi yakunlanishi muammosi ortidan tez-tez ommaviy axborot vositalarida shunday fikrlar yangramoqda: “Rossiya yetkazib berishisiz Yevropa Amerikaning qimmat suyultirilgan tabiiy gazi (STG) uchun ko‘p ortiqcha pul to‘laydi”. Ushbu fikr tanqidchilari kulimsirab deyishmoqda: qarang, o‘sha Amerika STG Yevropa gaz birjasida qolgan boshqa gazlar singari o‘sha narxlarda (hozir esa umuman – juda arzon) sotilmoqda.

Kim haq? Hayot har doimgidek oddiy sxemalarga qaraganda mushkulroq: o‘rganib chiqishni taklif qilamiz.

Avvaliga eslatib o‘tamiz, “Shimoliy oqim-2”, asosan, Ukraina tranzitining katta qismi o‘rniga bunyod etilmoqda, chunki kelajakda Rossiya gazi eksportining sezilarli o‘sishini kutishga to‘g‘ri kelmaydi (so‘nggi yillarda biz ko‘rgan “standart” 200 millirad kubometr bilan taqqoslanganda). Buning ustiga Ukraina tranziti (har holda hozircha) hozirgi hajmlardan ko‘proq tashishga imkon beradi. Shu bois, talab va taklif muvozanati tomonidan hech narsa o‘zgarmaydigandek.

Gazoviy super tanker - Sputnik O‘zbekiston
Tabiiy gaz eng istiqbolli yonilg‘i bo‘lsa, nega 2020-yilda uning narxi pastligicha qolmoqda?

Qolaversa: Ukraina tranziti to‘rt yilga to‘langan (yiliga 40 milliard kubometr), “Shimoliy oqim-2” esa 55 milliard quvvatiga ega bo‘ladi. Ya’ni mulohaza yuritishning ushbu bosqichida “Shimoliy oqim-2”ni qurib bitkazishdan butkul faraziy voz kechish yoki nomuayan muddatga “Gazprom”ning aniq moliyaviy yo‘qotishlariga olib keladi, xolos (axir qurilishdagi katta mablag‘larni shunchaki hisobdan chiqarishga to‘g‘ri keladi), lekin Yevropani Rossiya gazi o‘rniga Amerika SPGini xarid qilishga majburlashga yordam bermaydi.

Shuning uchun Amerika tomoni ShO-2 uchun qiyinchilik tug‘dirib, o‘zining STG uchun yangi joy olishni rejalashtirmoqda degan fikrdan kelib chiqsak, bu bir narsani anglatadi: bloklangan ShO-2 ortidan Ukraina tranziti (qaysi sabablarga ko‘ra ekanligi muhim emas) to‘xtatib qo‘yilishi kerak.

Fikr yuritishda davom etamiz. Bu Amerika STGga yordam bera oladimi?

Birinchidan, har qanday holda gaz (STG ham) qimmatlashadi, 50 milliard kubometrning bozordan ketishi – jahon savdosi uchun yetarlicha sezilarli hajm. Yuqoriroq birja narxlari esa muqarrar ravishda Amerika STG sotuvida ham rentabellik oshishiga olib keladi.

 “Shimoliy oqim-2”: Germaniya AQShga amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya AQShga Amerika gazi uchun jarima bojlari bilan tahdid qildi

Ikkinchidan, asosiysi. Bu yerda eslatib zarurki, hozirgi suyultirilgan gazi eksporti doirasida AQSh har qanday holda suyultirish uchun kafolatlangan to‘lovni olmoqda. Past global kotirovkalarda savdogarlar aziyat chekmoqda. Ya’ni AQShning, umuman, allaqachon qurilgan zavodlardan STG sotuvini biror bir yo‘l bilan rag‘batlantirishining hojati yo‘q.

Eng muhimi – STGning yangi loyihalardan shartnoma tuzishi. AQSh STG importchilari hozirda vaqtda yuz tutgan vaziyatdan so‘ng, ular hatto yoqilg‘i sotib olishmaydi, biroq suyultirish tuchun majburiy yig‘im to‘lashadi (bu STGning deyarli yarim narxi), biror kishini bunday shartlar bilan yangi partiyaga shartnoma tuzishga undash qiyin bo‘ladi. Amalga oshirilmagan loyihalar esa hali bisyor. Bu yerda Yevropa bozori asqotgan bo‘lar edi.

Bundan, aslini olganda, biz avval boshida fikr yuritishni boshlagan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Ha, hozir Amerika STG boshqalari kabi haqiqatdan sotilmoqda, jumladan, Yevropada, past narxlarda. Bozoda inqiroq, mahsulotni esa baribir qayerdadir sotish kerak, zavodlar allaqachon qurilgan, savdogarlar emas “suyultir-yoki-to‘la” shartlari bilan xarid qilish shartnomasini tuzgan.

AQSh Shimoliy oqim - 2ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi? - Sputnik O‘zbekiston
AQSh "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi?

Boshqa tomondan, Yevropa ham tushunishi kerakki, arzon amerika gazi – bu boshqa hollarda tezda Osiyo, ko‘proq foylariroq bozorlarga ketuvchi ortiqcha narsa. Kafolatgangan yetkazib berishni istaysizmi – uzoq muddatli shartnoma tuzing va ko‘proq to‘lang.

Amerika STG boshqa yetkazib berishlarga qaraganda qanchalik qimmat bo‘ladi?

Bu yerda qayd etish joizki, hozirda gaz (STG) bahosini belgilashning uchta asosiy varianti mavjud: (1) stop-narx, (2) neftga bog‘langan va (3) AQSh ichida gaz narxiga asoslangan plyus suyultirish uchun to‘lov Amerika STG uchun.

Bozorning normaga qaytishida gazning birja narxi ming kubometri uchun 200 dollar atrofida bo‘ladi. Barreli uchun 50 dollar neftda neftga bog‘langan gaz narxi ham xuddi shunday bo‘ladi. Har qanday holda hozir “Gazprom” allaqachon gazning katta qismini YeIga birja narxlariga bog‘langan holda sotmoqda, shuning uchun neftga bog‘lanishga emas, aynan bu kotirovkalarni hisobga olgan holda ish ko‘rish yaxshiroq.

Amerika STG qaysi narxda yuklba jo‘natiladi? Uning narxi AQSh ichidagi gaz narxiga (u o‘zgarib turadi, va bu – noaniqlikning asosiy omili), suyultirish qiymati va Yevropaga yetkazib berish narxiga bog‘liq. Hisob-kitobga chuqur sho‘ng‘imasdan, ming kubometri uchun 220 dollardan 270 dollargacha bo‘lishi mumkinligi aytish mumkin.

Dobicha nefti v SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan neft xarid qilishni taqiqlamoqchi

Boshqacha qilib aytganda, agar ilgari, 2013-yilda Amerika STG boshqalarga qaraganda arzonroq ko‘ringan bo‘lsa, hozirgi sharoitlarda u qimmatroq bo‘lmoqda.

Yana bir savol. Nima uchun Yevropa aynan Amerika STGini xarid qilishi lozim. Nega Rossiya va Qatar gazini emas? Ustiga ustak yaqin kunlarda Qator gazining qismi birja bozori narxlariga bog‘langan holda sotilishi hayratlanarli bo‘lmaydi.

Agar YeI va AQSh o‘rtasidagi alohida munosabatlarga bog‘liq tomonlarni bir chetga surib qo‘ysa, bunday sabablar yo‘q. Umuman olganda YeI ehtimoliy tanqislikni har qanday gaz bilan to‘ldirishi mumkin.

Ehtimol, shu tufayli hozir almashtirish haqida gap bormoqda: gaz quvurini qurib bitirishga ruxsatnoma evaziga Germaniyada bir necha yangi STG terminalini aynan Amerika STGga mo‘ljallash (deylik, 10-20 milliard gaz, yoki ShO-2 quvvatining 20-40 foizi).

Yakun yasaymiz.

Birinchidan. Rossiya gazini Amerika STG o‘rniga almashtirish faqat bir vaqtning o‘zida ikkita shartni bajarishda mumkin: ShO-2 loyihasini yopish va Ukraina tranzitini to‘xtatish. Bu holda Rossiya eksporti cheklovini butun gaz bozoridagi narxlar qo‘llab-quvvatlaydi.

Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyadan rekord miqdorda neft sotib oldi

Ikkinchidan. Har qanday holda Amerika STG bir necha barobarga emas, bozordagi boshqa gazlarga qaraganda 10-30 foizga qimmatroq bo‘ladi. Hammasi Amerika ichidagi gaz kotirovkaga bog‘liq. Lekin AQShdan STG yetkazib berish uchun uzoq muddatli shartnoma tuzayotib, Yevropa AQShda gazning ichki narxlariga bog‘liq butun xatarini o‘z zimmasiga oladi.

O‘z navbatida, biz hozir Yevropada ko‘rayotgan arzon Amerika STG (qolganlari ham) – bu bozordagi gazning haddan tashqari ko‘pligi natijasi: savdogarlar Amerika STG shartnomalari bo‘yicha hech bo‘lmaganda zararni qisman qoplash uchun uni sotishmoqda. Agar Yevropa AQShdan kafolatlangan yetkazib berishni istab qolsa, Amerika STG baholash formulasi bo‘yicha to‘lashiga to‘g‘ri keladi, voz kechishning imkoni bo‘lmaydi.

So‘nggi so‘z o‘rnida. AQSh Yevropaga o‘zining STGini zo‘rlab o‘tkazib, birinchi navbatda hozirgi yetkazib berishlar haqida emas, balki istiqboldagilar haqida o‘ylamoqda. Gap yangi suyultirish zavodlari va ularni STG yetkazib berishning kafolatlangan shartnomalari bilan ta’minlash haqida bormoqda. Zavodlarni bunyod etishga taxminan to‘rt yil vaqt kerak, aynan shu vaqtga kelib Ukraina bilan amaldagi tranzit shartnomasi tugaydi.

Manba: RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0