Jismoniy shaxslarga o‘lchovli yombilar va qimmatbaho tangalarni olib chiqishga ruxsat berildi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishSlitki zolota
Slitki zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni O‘zbekiston tashqarisiga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Jismoniy shaxslar qimmatbaho yombilar va tangalarni O‘zbekiston tashqarisiga cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin. Bu haqda prezident imzolagan “Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘zda tutilgan.

Moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
MB O‘zbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini ma’lum qildi

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud bo‘lganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Farmonga ko‘ra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0