MB O‘zbekiston xalqaro zaxiralari qanchani tashkil qilishini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti Rossii
Moneti Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 2020-yil boshiga nisbatan 5,4 milliard AQSh dollariga oshib, 1-sentabr holatiga 34,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bo‘yicha ma’lumot Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tasdiqlangan metodologiyaga muvofiq shakllantiriladi. Ushbu ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinadi.

Zolotoy slitok  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 8 oyda 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Zaxiralar tarkibiga monetar oltin, chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, XVJning mablag‘ jalb qilishga doir maxsus huquqlari va zaxira pozitsiyasi hamda xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro zaxiralar tarkibiga kiritiladigan boshqa aktivlar kiritiladi.

O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 2020-yil boshiga nisbatan 5,4 mlrd. AQSh dollariga yoki 19 foizga oshib, 1-sentabr holatiga 34,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.

2020 yil boshidan COVID-19 pademiyasi oqibatida jahon iqtisodiyotida inqirozli holatlarning kuzatilishi oltin narxining 30 foizgacha keskin oshishiga sabab bo‘lib, avgust oyida o‘zining tarixiy eng yuqori darajasiga yetdi. Oltin narxlaridagi bunday keskin oshish sur’ati faqatgina 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi davrda kuzatilgan.

Vedushiy analitik QBF Oleg Bogdanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston to‘plangan oltinni qay tarzda oqilona taqsimlashi mumkin - Bogdanov

Mazkur qulay sharoitdan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan avgust oyining o‘zida 2,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida oltin eksporti amalga oshirilgan. Ta’kidlash joizki, bunda xalqaro zaxiralar tarkibidagi oltin miqdorining kamayishi bilan bir vaqtning o‘zida valyuta aktivlarining mos ravishda oshishi kuzatiladi. Bu kabi amaliyot zaxiralarning umumiy hajmi o‘zgarishiga ta’sir qilmaydi.

2020 yilning o‘tgan 8 oyi tahlil qilinadigan bo‘lsa, Markaziy bank tomonidan 5,8 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi oltin eksporti amalga oshirildi. Mazkur valyuta tushumining asosiy qismi mamlakatimizda faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlarga tijorat banklari orqali valyuta birjasi savdolarida sotiladi.

Qonunchilikka muvofiq, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi xalqaro zaxiralarini to‘ldirish uchun davlatning oltin sotib olishga bo‘lgan ustuvor huquqini amalga oshiradigan davlat idorasi bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqariladigan oltinning asosiy xaridori hisoblanadi.

Premyer-ministr Rossii Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston
Mishustin – COVID dan tuzalish, Rossiya oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida

Markaziy bank tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalardan oltinni harid qilishda to‘lovlar oltinning jahon bozorlaridagi o‘rtacha narxidan kelib chiqqan holda har oyda milliy valyutada to‘lab beriladi. O‘z navbatida, mazkur mablag‘lar korxonalar tomonidan budjet oldidagi majburiyatlarni bajarishga hamda ishlab chiqarish va investitsion faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Bunda Markaziy bank tomonidan oltinning milliy valyutada sotib olinishi iqtisodiyotda pul massasining oshishiga hamda inflyatsiya darajasi o‘sishi xavfining kuchayishiga ta’sir etishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, 2017-yil sentabr oyidan boshlab pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini oshirish maqsadida Markaziy bank valyuta bozorida “neytrallik” tamoyillari asosida ishtirok etadi.

Analitik finansovoy gruppi Kalita-finans Dmitriy Golubovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert oltin va kumush narxlarining ko‘tarilish sababini tushuntirdi

“Neytrallik” tamoyiliga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olingan oltin ekvivalentidagi valyuta mablag‘lari Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga yo‘naltiriladi. Bunda qimmatbaho metallarni sotib olish natijasida muomalaga chiqarilgan pul mablag‘larining iqtisodiyotdagi pul-kredit sharoitiga ta’sirini sterilizatsiya qilish maqsadida valyuta sotish hisobiga muomaladan qaytarib olinadi. Oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarda mazkur prinsipga amal qilinishi pul-kredit siyosatining ta’sirchanligini oshirish va inflyatsiyaning jilovlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

"Neytrallik" tamoyilining qo‘llanilishi natijasida xalqaro zaxiralardagi monetar oltinning ulushi deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Jumladan, oltinning ulushi 2018-yil 1-yanvar holatiga 50 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2020-yil 1-sentabr holatiga 54 foizga yetdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0