Mishustin – COVID dan tuzalish, Rossiya oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Rossii Mixail Mishustin
Premyer-ministr Rossii Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri katta intervyu berdi. Unda koronavirusdan davolangani, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin “Rossiya 24” telekanaliga intervyu berdi. Unda koronavirusdan davolangani, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida so‘zlab berdi.

Pandemiya cinovi

Mixail Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, unga bosh vazir bo‘lishni prezident Vladimir Putin taklif qilgan va davlat rahbari murojaatnomasida belgilangan vazifalarni ijro etishni maqsad qilgan.

Glava Federalnoy nalogovoy slujbi RF Mixail Mishustin — kandidat na doljnost premyer-ministra strani - Sputnik O‘zbekiston
Putin Rossiya bosh vaziri lavozimini Mixail Mishustinga taklif etdi

“Agar hukumatda ishlamoqchi bo‘lsangiz, buning ustiga sizga hukumat raisi lavozimi taklif qilingan bo‘lsa, albatta, siz duchor bo‘ladigan, aytaylik, butun chaqiriqlar to‘plamini tasavvur qilish qiyin. Hukumatda ishlashni menga Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin taklif etdi, va bu ma’noda, albatta, u yanvardagi murojaatnomasida aytib o‘tgan asosiy choralarni ijro etish maqsad qilib olingan edi”, - dedi bosh vazir.

U koronavirus pandemiyasi ishga o‘z tuzatishlarini kiritganini ta’kidladi. Murojaatnomadagi choralarni ijro etish, milliy loyihalar, milliy maqsadlarni bajarish zaruriyati “pandemiya singari balo” bilan to‘qnashgan. Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, “o‘rinlarni yaratish, tegishli medotikani ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash, shaxsiy himoya vositalarni xarid va ishlab chiqarish bilan zaruriyati bilan bog‘liq qarorlarni har kunlik rejim asosida qabul qilishga to‘g‘ri kelgan”.

“Bularning barchasi oddiy bo‘lmagan chaqiriq edi, shuning uchun qanchalik uddasidan chiqqanimizga odamlar baho berishadi deb o‘ylayman”, - dedi hukumat rahbari.

Mishustin Rossiya mazkur oddiy bo‘lmagan davrdan dunyodagi eng yaxshi natijalardan biri bilan bilan o‘tganini ta’kidlash o‘ta muhimligiga urg‘u berdi.

Koronavirus: shaxsiy tajriba

Mixail Mishustin COVID-19 dan tuzalib jarayoni oddiy bo‘lmaganini ma’lum qildi. Kasallik yuqori harorat bilan kechgan.

“Tuzalish tezligi borasida – men sizga aytamanki, bu oddiy bo‘lmagan hodisa. Ha, afsuski, yuqori harorat bor edi, biroq “tez sog‘aydi” degan gapga kelsak, - bu umuman bunday emas, bu o‘ziga yarasha oddiy bo‘lmagan jarayon edi. Men o‘zimni yaxshi his qilishim bilanoq, men, albatta, darhol ishga qaytdim”, - dedi u.

Rossiya bosh vaziri virus mansab tanlamasligi va juda xavfligini aytdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uni qanday yuqtirib olgani hozirgacha ma’lum emas.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie s glavami regionov po borbe s rasprostraneniyem koronavirusa v RF - Sputnik O‘zbekiston
Mixail Mishustin o‘z vazifalarini bajarishga qaytmoqda

“Men qanday qilib koronavirusni yuqtirib olganimni bilmayman, buni mutlaqo samimiy aytapman”, - dedi Mishustin.

Uning tan olishicha, darddan forig‘ bo‘lishida shifokorlarning o‘rni beqiyos.

“Ilohim, dunyodagi shifokorlar bizning rossiyalik shifokorlarimiz ishlagani kabi ishlashsin”, - dedi hukumat rahbari.

Uning ta’kidlashicha, olimlar hozircha koronavirusning ikkinchi to‘lqini uchun asoslarni ko‘rishmayapti.

“Umid qilamizki, Rospotrebnadzor va shifokorlar berayotgan tavsiyalarga rioya qilsak, ikkinchi to‘lqin bo‘lmaydi”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

 U mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanish kamayotganini qayd etdi. Nafaqat virus tarqalishi, balki uning tarqatish xususiyati ham kamaymoqda.

Bolalikdagi orzu

Mishustin tibbiyot institutiga hujjat topshirishni rejalashtirgani xususida so‘zlab berdi.

“Oyim ko‘p yillik stajga ega hamshira. Go‘dakligimdan shifokorlarga hurmat ko‘zi bilan qarayman, chunki men hamisha oq xalatlilar yonida bo‘lganman – uning (oyisining – tahr.) dugonalari, do‘stlari, tanishlari. Yana shuni aytmoqchimanki, soliq xizmatidagi ishga qadar tibbiyot institutiga hujjat topshirmoqchi bo‘lganman”, - dedi u.

Vaqt haqida

Mishustin uning ko‘proq, jumladan, sport bilan shug‘ullanishga bo‘sh vaqti bo‘lishiga umid bildirdi.

“Har bir ishning o‘z vaqtu soati bor... Umid qilamanki, ko‘proq vaqt bo‘ladi, biz, albatta, jumladan sport bilan shug‘ullanish uchun foydalanamiz”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat a’zolari, bosh vazir o‘rinbosarlari ba’zan mamlakatdagi vaziyatga qarab 24/7 rejimida ishlashadi.

“Pandemiya hayotimizga o‘z tuzatishlarini kiritdi. Prezident tunu kun ishlaydi, hamisha aloqada”, - dedi siyosatchi.

U hukumat jamoasi bugungi kunda asosiy vazifasini ijro etish – odamlarga xizmat qilish uchun ishlamoqda.

Mamlakat boyligi

Mishustin intervyu davomida Rossiyaning oltin-valyuta zaxiralarini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular barqaror.

“Bugungi kunda bu taxminan 570 milliard dollardan ziyodroq”, - dedi Rossiya hukumati rahbari.

Premyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston muvaffaqiyatlari siz bilan bog‘liq – Mishustin Mirziyoyevni tabrikladi

Shuningdek, u mamlakatda strategik milliy maqsadlar va milliy loyihalarni amalga oshirish uchun yetarlicha mablag‘ mavjud ma’lum qildi.

“Xavotirga o‘rin yo‘q, siz bilganingizdek, prezidentning yaqindagi farmoni bilan 2030-yilgacha belgilangan barcha strategik milliy maqsad va biz shug‘ullanayotgan milliy loyihalarni ta’minlash uchun mablag‘lar yetarlicha”, - dedi Rossiya bosh vaziri.

Mishustin barcha qabul qilingan choralar aniq va o‘z natijalarini berganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0