Rospotrebnadzor turli xil vaksinalar yutuq va kamchiliklarini sanab o‘tdi

© RFPI i Sentr imeni Gamalei / Mediabankka o‘tishVaksina protiv novoy koronavirusnoy infeksii
Vaksina protiv novoy koronavirusnoy infeksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaksinalarning qanday turlari bor? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? COVID-19 ga qarshi yaratilgan birinchi vaksina "Sputnik V" qanday texnologiya asosida yaratilgan?

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Bugungi kunda dunyo olimlari COVID-19ga qarshi yaratayotgan vaksinalar 5ta asosiy turga bo‘linadi. Vaksina ishlab chiqarish texnologik platformalar turiga qarab ularning har birining o‘ziga xos bo‘lgan yutuq va kamchiliklari bor. RIA Novosti xabariga asosan. 

  • Sintetik vaksinalar
  • Virusga o‘xshash vaksinalar
  • RNK va DNK-vaksinalar
  • Vektor vaksinalari
  • Zaiflashtirilgan tirik va inaktiv vaksinalar

Vaksinalarning aksariyati sintetik vaksinalar bo‘lib, ular o‘zining “texnologik xavfsizligi” bilan ajralib turadi. Ularni ishlab chiqarish jarayonida tirik virusdan foydalanilmaydi. Vaksina tarkibida faqat virusga xos bo‘lgan oqsillardan iborat bo‘ladi. Lekin bunday vaksina to‘laqonli immunitet hosil qilishi uchun uni bir necha bor kiritish kerak bo‘ladi.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Gamaleya markazida COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasi qanday ishlashi haqida so‘zlab berildi

Virusga o‘xshash moddalardan tashkil topgan vaksinalar faqatgina virus oqsilidan iborat bo‘ladi, lekin ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarish – texnologik jihatdan juda qiyin bo‘lib, katta moliyaviy xarajatlar talab qiladi.

DNK va RNK vaksinalarni ishlab chiqarish – nazariy jihatdan eng oson vaksina yaratish uslubi hisoblanadi. Lekin bugungi kunda genetik moddani hujayra ichiga yetkazib berish texnologiyasi yetarli yaxshi ishlab chiqilmagan. Shu sababli amalda birorta ham nuklein kislotasi asosida ishlab chiqarilgan vaksina qo‘llanilmaydi.  

Bugungi kunda ko‘plab vaksinalar vektor uslubida ishlab chiqariladi. Bunda virusni vektor genomiga odamda kasallik uyg‘otmaydigan boshqa virus oqsili kiritiladi. Bunday vaksinalarni qo‘llashda inson organizmidagi antitanachalar xalal berishi mumkin. U holda odamga to‘liq immunitet paydo bo‘lmaslik ehtimoli bor.

Brifing, posvashenniy pervoy v mire zaregistrirovannoy vaksine ot COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Tirik vaksina xorijga ommaviy yetkazib berilmaydi - Gamaleya markazi direktori

Zaiflashtirilgan tirik va inaktiv virus vaksinalar – bu vaksina yaratishning klassik uslubi hisoblanadi va nisbatan uzoq vaqt davomida qo‘llanib kelinmoqda. Inaktivatsiya qilingan preparat uzoq muddatli immunitet paydo bo‘lishi uchun uni takroran kiritish talab qilinadi. Zaiflashtirilgan tirik vaksinalar esa bir marotaba kiritiladi, lekin ba’zi hollarda ular asl holiga qaytishi va odamda kasallik uyg‘otishi xavfi saqlanib qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan "Sputnik V" nomli dunyoda birinchi vaksinani avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Bir vaqtning o‘zida Rossiyada "Vektor" virusologiya markazi hamda Sankt-Peterburgdagi Chumakov nomili ilmiy markaz vaksinalari sinovdan o‘tmoqda.

"Sputnik V" - adenovirusning 2ta turli xil vektori asosida ishlab chiqilgan vaksina hisoblanadi. Emlash ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda AD26-S vektori kiritiladi. Undan 21 kun o‘tib AD26-S vektori kiritiladi. Stastistik o‘rganishlarga ko‘ra, ikkinchi bosqichdan so‘ng inson organizmida COVID-19ga qarshi mustahkam immunitet paydo bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0