TOShKENT, 23 sen — Sputnik, Lev Rijkov. N. F. Gamaleya nomidagi NITSEM markazi direktori Aleksandr Ginsburg Sputnik muxbiriga Rossiyada ishlab chiqarilgan birinchi vaksina qay tartibda MDH mamlakatlariga berilishini tushuntirib berdi.
Ginsburg aytishiga ko‘ra, Markazning ishlab chiqarish quvvati juda kam, faqatgina Rossiya aholisini koronavirusga qarshi emlash uchun 9 oydan 12 oygacha vaqt kerak bo‘ladi.
"NITSEM hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi 3 smenada ish olib bormoqda, lekin Rossiya aholisini uchun kerak bo‘ladigan miqdordagi vaksina ishlab chiqarishga qurbi yetmaydi. Ayni damda yana 3-4ta ishlab chiqarish maydoniga texnologiyalarni transfer qilish jarayoni ketmoqda. Umid qilamanki, noyabr oyida ushbu maydonlarda oyiga 5-6 million doza vaksina ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shundan so‘ng biz 9-12 oy ichida aholining 70-80 %ini emlashga ulguramiz deb umid o‘ylayman. Bu esa ushbu virus sirkulyatsisini to‘xtatadi", - dedi Ginsburg.
Markaz direktorining so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlab chiqarish uchun monoklonal moddalar ishlab chiqaruvchi maxsus texnologiyalar kerak. Bunday moddalardan odatda onkologik kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Bir necha davlatlar ana shunday texnologik maydonlar bor, lekin sobiq Ittifoq davlatlarida emas.
"Sobiq Ittifoq davlatlarida texnologik maydonchalar tayyorligiga mening ishonchim komil emas. Agar ularning o‘zlari bunga mustaqil tayyorlansa, biz jon deb texnologiyalarni transfer qilgan bo‘lardik. Lekin menimcha, boshqa Respublikalarda ham vaziyat Belarusga o‘xshagan. Biz ularga ham yordam berish imkonini topamiz. O‘z aholimiz bilan bir qatorda qo‘shni respublikalar aholisini ham himoya qilishga yordam beramiz", - dedi Ginsburg.
Markaz direktorining so‘zlariga ko‘ra, u sobiq Ittifoq respublikalaridagi boshqa tibbiy-ilmiy muassasalar direktorlari bilan mumkin hamkorlik imkoniyatlarini doimiy ravishda muhokama qilib kelmoqda.
Boshqa xorijiy mamlakatlar borasida Ginsburg tirik vaksinalar ommaviy ravishda olib kirilmasligini xabar qildi, lekin ishlab chiqarish texnologiyalari berilishi mumkin.
"Ommaviy ravishda tirik vaksina yetkazib berilmaydi, lekin kerakli profilda ishlaydigan yirik korxonalar mavjud bo‘lgan davlatlarga ishlab chiqarish texnologiyasi berilishi mumkin. Masalan Hindistonga" - dedi Gamaleya markazi direktori.
Shuningdek, Aleksandr Ginsburg, Rossiya hududida yashayotgan xorijiy fuqarolar ham ushbu vaksina sinovlarida ishtirok etishlari mumkinligini, bu borada qonunda hech qanday cheklov yo‘qligin ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, N. F. Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqligan, COVID-19ga qarshi birincha vaksina "Sputnik V" Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligida rasman ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bugungi kunda Rossiyaning barcha hududlari "Sputnik V" vaksinasining sinov partiyasini olgan.