Samarqand shahar bosh imom-xatibi vafot etdi

Obuna bo‘lish
Nuriddinxon Islomov 73 yoshda vafot etdi. U ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov  73 yoshda vafot etdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Glavniy imam-xatib Tashkentskoy oblasti Xayrulla Turmatov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi vafot etdi

Qayd etilishicha, Nuriddinxon Islomov 1970-yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi vazifasida ish faoliyatini boshlagan. 1980-yildan 2008-yilga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.

2008 yildan 2017-yilgacha Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasida ishlagan. Shundan so‘ng ayni paytgacha Samarqand shahar bosh imom-xatibi hamda “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan.

Xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0