Toshkent viloyati bosh imom-xatibi vafot etdi

© Press-slujba Upravleniya musulman UzbekistanaGlavniy imam-xatib Tashkentskoy oblasti Xayrulla Turmatov
Glavniy imam-xatib Tashkentskoy oblasti Xayrulla Turmatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. O‘lim sabablari ochiqlanmagan.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov 44 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Lechenie bolnix s COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Xabarda uning o‘lim sababi ma’lum qilinmagan.

Xayrulloh Turmatov 1976-yil 16-avgustda Angren shahrida tug‘ilgan. Toshkent Islom institutini (2001) va Toshkent viloyat pedagogika institutini (2003) tamomlagan. Turli yillarda u “Chetsuv” (1994−2003), “Qorabog‘” masjidlarida imom-xatib va shu bilan birga, Angren shahrida bosh imom-xatib (2003−2014) bo‘lib ishlagan.

2014 yildan buyon esa Zangiota masjidi imom-xatibi va Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0