Putin Belarusdagi prezident saylovlarini qonuniy deb tan oldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident ta’kidiga ko‘ra, belarus hukumati OBSE vakillarini saylovlarga kuzatuvchi sifatida taklif etgan, ammo ular kelmagan. Putinning aytishicha, ushbu holat saylovlar bo‘yicha pozitsiya oldindan tayyorlangan, degan fikrga yo‘naltiradi.

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Rossiya Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarining qonuniyligini tan oladi, dedi Vladimir Putin jurnalist Sergey Brilevga bergan intervyusida. Suhbatdan parchalar "Rossiya 1" telekanalida namoyish etildi.

Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Belarus, koronavirus va iqtisod. Putin katta intervyusi

Prezident ta’kidiga ko‘ra, belarus hukumati OBSE vakillarini saylovlarga kuzatuvchi sifatida taklif etgan, ammo ular kelmagan. Putinning aytishicha, ushbu holat saylovlar bo‘yicha pozitsiya oldindan tayyorlangan, degan fikrga yo‘naltiradi.

"Shu bois, biz, saylovlar bo‘lib o‘tdi, degan fikrdan kelib chiqamiz. Biz - men buni o‘sha vaqtdayoq amalga oshirdim, saylovlarning qonuniyligini tan oldik. Xabaringiz bor, men Aleksandr Grigoryevich Lukashenkoni ushbu saylovlardagi g‘alaba bilan tabriklagan edi. Bori shu".

Ilgariroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko g‘arb mamlakatlarini respublikadagi holatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvda hamda yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha belarus hukumatini Yevropada xavfsizlik va hamkorlik (OBSE) vakillari bilan muzokaralarga "tortib chiqarishga" urinishda ayblagan edi. YeI ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatlagan.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, bu tashabbusga izoh berar ekan, G‘arbning Ukrainadagi vositachilik urinishlari 2014-yilda qanday yakunlanganini eslatib o‘tdi. Lavrovning aytishicha, o‘shanda "Germaniya, Polsha va Fransiya tashqi ishlar vazirlari tomonidan bitim imzolanishiga erishilgan", ertasiga esa muxolifat boshqacha qarorga kelgan".

Belarusdagi ommaviy protestlar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0