TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zladi va tashkilot nizomining ahamiyati haqida eslatib o‘tdi.
BMT o‘z vazifasini munosib bajarmoqda, dedi Putin
Putin 2020-yilda dunyo Ikkinchi jahon urushi yakuni va BMT tashkil topganining 75-yilligini nishonlayotganini eslatib o‘tdi.
"BMT nizomi xalqaro huquqning bosh manbai bo‘lib qolmoqda, o‘tgan yillar esa Tashkilot "tinchlikni saqlash, xalqlar va mintaqalarning barqaror rivojlanishi hamda mahalliy inqirozlarni yengib o‘tishda yordam yordam berish singari o‘zining bosh missiyasini munosib amalga oshirayotganini ko‘rsatdi", - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi BMT bugungi kun realliklariga moslashishi zarurligini qo‘shimcha qildi.
Pandemiya vaqtida insonparvarlik tanqisligi
Pandemiya vaqtida davlatlararo darajada insonparvarlik tanqisligi holatlari uchradi, BMT o‘z obro‘yini ishlatishi kerak, deb hisoblaydi RF yetakchisi Vladimir Putin.
"Ko‘plab mamlakatlar hech qanday manfaatsiz va ochiqchasiga bir-biriga yerdam berishdi va yordam berib kelishmoqda. Ammo, shunday holatlar bo‘ldiki, davlatlararo, rasmiy darajalarda insonparvarlik, xohlang, yaxshilik, deb ayting, tanqisligi o‘zini ko‘rsatdi. Fikrimizcha, BMT obro‘yi ko‘poqlama va ikkiyoqlama munosabbatlarda insonparvarlik, odamgarchilik rolini mustahkamlash va oshirishga xizmat qila olar edi.Bu jamoatchilik va yoshlar almashinuvi, madaniy aloqalar, ijtimoiy va ta’lim dasturlari, sport, ilmiy texnologiyalar, atrof-muhit va odamlar salomatligini muhoqaza qilish sohalaridagi kooperatsiyalardir", - dedi Putin.
Tarixni soxtalashtirishga urinish haqida
Ikkinchi jahon urushi yakunlarining o‘zboshimchalik bilan talqin qilish singari siyosiy urinishlar kaltabinlikdir va urushdan keyingi dunyo tartiboti asoslariga putur yetkazadi, deya ta’kidladi Putin o‘z chiqishida.
"Tarix saboqlarini unutish kaltabinlik va o‘ta mas’uliyatsizlikdir, xuddi Ikkinchi jahon urushi sababi, borishi va yakunlarini o‘zboshimchalik bilan, faktlarga emas, balki uydirmalarga tayangan holda siyosiylashtirib talqin qilishga urinish singari. Ittifoqdoshlar anjumani va Nyurnberg tribunali qarorlarini boshqachalashtirish - bu shunchaki tubanlik va natsizmga qarshi kurashganlar xotirasi oldida jinoyat. Bu urushdan keyingi dunyo tartiboti asoslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qaqshatkich zarba berish bilan teng", - dedi Putin.
Bu ayniqsa, global barqarorlik jiddiy sinovlarga duch kelayotgan bir sharoitda juda xavfli, deya qo‘shimcha qildi RF prezidenti.
Yashil yo‘laklar haqida
Rossiya Federatsiyasining savdo, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan va savdo urushlari va sanksiyalardan xoli "yashil yo‘laklar" haqidagi taklifi ayniqsa shu nihoyatda dolzarbdir, deb xabar qildi Vladimir Putin.
"Rossiyaning savdo urushlari va sanksiyalaridan xoli bo‘lgan, birinchi navbatda pandemiyaga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan muhim tovarlar, oziq-ovqat, dori-darmon vositalari, shaxsiy himoya vositalari uchun zarur bo‘lgan "yashil yo‘laklar" deya nomlanuvchi taklifiga e’tibor qaratishlaringizni istardim. Va umuman olganda, jahon savdosini to‘siqlar, ta’qiqlar, cheklovlar, noqonuniy sanksiyalardan tozalash, ozod qilish global o‘sishni tiklash va ishsizlikni kamaytirish uchun yaxshi yordam bo‘lishi mumkin edi ", dedi Putin BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi so‘zlagan nutqi davomida.
Kiberxavfsizlik muammosi
Putin raqamli texnologiyalarning ekstremist va terrorchilar qo‘liga tushishi mumkinligi, shu bois, kiberxavfsizlik muammosi e’tiborga molikligi xususida ogohlantirdi.
"Har qanday boshqa innovatsiyalar singari raqamli texnologiyalar boshqarib bo‘lmas tarqalish xususiyatiga ega. Xuddi oddiy qurol singari u nafaqat mintaqaviy mojarolar zonasi, balki o‘ziga to‘q farovon mamlakatlarda turli xil radikal va ekstremistlar qo‘liga tushishi va bu orqali ulkan xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin", - dedi Putin.
Putinga ko‘ra, shu munosabat bilan kiberxavfsizlik masalalari, eng old raqamli texnologiyalarni qo‘llash mavzulari BMT maydonida eng jiddiy muloqot olib borishga loyiq. Yangi davrda odamlar huquqlari va shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqlari qay darajada himoyalangan bo‘ladi, bu borada odamlarni eshitish, ular xavfsirayotgan narsalarni tushunish muhim", - dedi Putin.