TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy u yuz yillik yubileyini nishonlagan paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari davlat sifatida yoʻq boʻladi, deya fikr bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Parlamentariy sal oldin AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya gipertovushli raketa gʻoyasini oʻgʻirlagani haqida gapirganini esladi.
"Tramp, yaratgan ixtirolaring tarixiga bir nazar sol. Ularning barchasini yahudiylar, nemislar va ruslar yaratgan. Amerikaliklar hech narsaga qodir emas. Ular - kovboy, pepsi-kola, viski, toʻpponcha. Boʻldi, shu", – deydi Vladimir Jirinovskiy.
Uning fikricha, aynan AQSH koʻpdan-koʻp hollarda "butun dunyodan" yutuqlarni oʻgʻirlaydi.
"Baraxolka-davlat, cherkizon-davlat. U yana koʻpi bilan 15-20 yil yashashi mumkin. Men yuz yoshni qarshilagan vaqtimda u davlat mavjud boʻlmaydi. Meksikaliklar, kanadaliklar va boshqa istalgan davlat boʻlishi mumkin, faqat AQSH emas. AQSH davlati tarqatib yuborilgani, u endi yoʻqligi haqida eʼlon qilingan kun - bu sovgʻa boʻladi. AQShni yaqin oʻn yillikda tugatish kerak, shuni vaqti keldi", - deydi ishonch bilan Jirinovskiy.