TOShKENT, 22-may - Sputnik. Jirinovskiy AQShning Ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqishiga izoh berdi. LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy AQShning ushbu shartnomadan chiqish qarorini mamlakatda kutilayotgan savlovoldi kampaniyasi bilan bog‘lamoqda.
Qo‘shma Shtatlar sal oldin 22-may kuni Ochiq osmon bo‘yicha shartnomadan chiqishi haqida ishtirokchilarni ogohlantirishlarini ma’lum qilgandilar. Bu qaror e’lon qilingandan 6 oy o‘tib, AQSh ushbu hujjat doirasida barcha majburiyatdan ozod bo‘ladi. Vaj sifatida Rossiya tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmaslik keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga, prezident Donald Tramp Moskva hujjatga amal qilsa qaror o‘zgarishi mumkinligini istisno qilmadi. Rossiya AQSh tomonidan bildirilayotgan shartnoma shartlari buzilishi haqidagi ayblovlarni rad etdi.
"(Shartnoma bo‘yicha qaror) ham saylovlar bilan (bog‘liq). AQShda saylov bo‘lsa butun sayyora zir titraydi... (Bill) Klinton Yugoslaviyani bombardimon qildi, (Jorj) Bush Iroqqa bostirib kirdi, Barak Obama Liviyani bombardimon qildi, hozir hech kimni bombardimon qilishni iloji yo‘q - xavfli. Ukraina ham ularga asqotmayapti. Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish orqali esa - urushga yo‘l ochish mumkin. Agar Qo‘shma Shtatlar SNVZ-3dan chiqsa, muddati 2021-yilda tugaydi - bu urushga yo‘l", - dedi Jirinovskiy "Rossiya 24" telekanali efirida.
Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp o‘zini kuchli prezident sifatida ko‘rsatmoqchi, u "rus samoletlari Vashington ustidan uchib o‘tishini istamayapti".
Jirinovskiy fikricha, 4-noyabrda - AQShda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari kuni ertasiga "hamma tinchlanadi". "Bu dahshatli davlatda ahmoqona saylovlar bo‘lib o‘tganiga qadar yoz davomida va kuzda ham biz qaltirab o‘tirishimiz kerak", - deb qo‘shimcha qildi siyosatchi.