Jamiyat

“Byudjetchilar”ga ayrim toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatib turish muddati uzaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga ayrim toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatib turish muddati uzaytirildi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Byudjet tashkilotlari xodimlariga ayrim toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatib turish muddati uzaytirildi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ipoteka kreditini olish yanada soddalashtiriladi

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (575-son, 21.09.2020 y).

Qarorga muvofiq, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi, OTMlarning moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishining toʻxtatib turilishi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq toʻlashning 1-3 razryadlari qoʻllaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan 224 mlrd 288 mln soʻm xarajatlar maqbullashtirildi.

Qarorga koʻra:

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan daromadlar prognozining bajarilmasligi hisobiga xarajatlarning maqbullashtirilgan qismi – respublika byudjetiga;

- ushbu qarorga muvofiq maqbullashtirilgan mablagʻlar – Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy byudjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0