Jamiyat

Ipoteka kreditini olish yanada soddalashtiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda uy-joylarni qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilinadi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Yangi tartibdagi uy-joy qurishga ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilinadi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga kredit ajratiladi

“Yangi tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (576-son, 21.09.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qoʻrgʻontepa va Shahrixon tumanlarida “Ipotekabank” ATIB va “Qishloq qurilish bank” ATBlar tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha quyidagilarga ruxsat beriladi:

- mijozning tanloviga koʻra, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun ipoteka krediti qarz oluvchining plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich oʻtkazish yoʻli bilan ajratilishiga;

- qurilish davri uchun 6 oy imtiyozli davr belgilanishiga;

- daromadlari toʻgʻrisida kamida oxirgi 3 oy uchun ish joyidan berilgan maʼlumotnomalar, ish beruvchi tomonidan berilgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya toʻlovlari, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari boʻyicha deklaratsiyalar bilan birga va xalqaro pul oʻtkazmalari tizimi orqali kelib tushgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlarni qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) kreditga layoqatliligini hisoblashda inobatga olishga;

- kreditning maqsadli ishlatilishini bank va qarz oluvchi oʻrtasida dastlab imzolangan uy-joy qurilishini bajarish reja-jadvali asosida bajarilgan ishlar sifatida qabul qilishga;

- kredit ajratish uchun yakka tartibdagi uy-joylarning tegishli loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda asosiy turdagi qurilish materiallari qiymati asos sifatida qabul qilinishiga;

- yakka tartibdagi uy-joylarning moliyaviy smeta hisob-kitobining 10 foizi miqdorida boshlangʻich badal sifatida qarz oluvchining mablagʻlari, mavjud qurilish materiallari, ishchi kuchi va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qabul qilinishiga.

Yangiliklar lentasi
0