O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. 2020-yil 1-oktabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi.

Probirka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 17-sentabr asosiy xabarlari

Shu munosabat bilan avval joriy qilingan cheklovlar bekor qilinadi.

Mas’ul idoralarga chet davlatlar mutasaddi idoralari bilan muzokaralar o‘tkazib, barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yo‘l, avtobus qatnovlari) sonini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berildi.

1 oktabrdan boshlab, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.

Shuningdek, xorijdan O‘zbekistonga kirib kelishning yangi tartibi e’lon qilindi

Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi.

Aqtau va Urganch o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi

So‘nggi 14 kun davomida "yashil" davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) bo‘lib turgan shaxslar – O‘zbekiston hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi.

"Sariq" (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda "qizil" davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘lovchilarning havo transporti orqali kirib kelish tartibi belgilandi

Agar shaxs so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo‘lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va b.q.) mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tadi hamda O‘zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

O‘zbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida bo‘lish majburiyatini zimmasiga olish to‘g‘risida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga ko‘ra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0