Putin Belarusga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish muhlatini belgilashni topshirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil
Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti hukumatga 15-oktabrga qadar Belarusga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish muhlatini belgilash bo‘yicha topshiriq berdi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga 15-oktabrga qadar Belarusga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish muhlatini belgilash bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar qilindi.

Proizvodstvo vaksini ot COVID-19 na farmatsevticheskom zavode Binnofarm - Sputnik O‘zbekiston
Rus vaksinasini yo‘q qilish: katta siyosatning kichik o‘ljasi

“Belarus Respublikasiga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish muhlati belgilansin”, - deyilgan topshiriqda.

Ta’kidlanishicha, bu haqdagi hisobot 2020-yil 15-oktabrga qadar taqdim etilishi darkor.

Shuningdek, Putin hukumatga Belarusning mahalliy vaksinaning ro‘yxatga olingandan keyingi sinovlarda ishtirok etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish topshirig‘ini bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlarini boshlayotgani xabar qilingan edi.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib 11 avgust kuni ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  8 sentabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentabr kuni esa u bilan Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0