Yana 340 nafardan ziyod o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketdi

© Agentstvo vneshney trudovoy migratsiiOcherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis v Rossiyu na zarabotki
Ocherednaya gruppa uzbekistansev otpravilis v Rossiyu na zarabotki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanadi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishlash uchun yana 346 nafar fuqaro jo‘nab ketdi. Bu haqda  Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi, RUDN va “World Skills Russia” o‘rtasida memorandum imzolandi

Ta’kidlanishicha, ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanadi. Ular 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.

Xabarda yozilishicha, ular Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlashadi. Ilgari ushbu zavodda ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni 144, 12-avgust kuni 84, 30-avgust kuni esa 287 fuqarolar aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan edi.

Yil yakuniga qadar 5 mingga yaqin fuqarolarning mazkur zavod qurilishga ishga jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0