Oqilov bolalar orasida ham koronavirus bilan kasallanish ko‘payotganini ma’lum qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya na Gange
Alleya na Gange - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosining so‘zlariga ko‘ra, hozirda pediatrik koykalar zaxirasi tayyorlanmoqda.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov O‘zbekistonda ham bolalar orasida koronavirus bilan kasallanish ortayotganini ma’lum qildi.

“Mana, maktablar ishlashni boshladi. Tabiiyki, kasallanish soni bugunga kelib oshib bormoqda. Ming afsus, O‘zbekistonda oldin bolalar deyarli kasal bo‘lmayotgandi, hozir bolalar kontingentining ichida ham kasallanish bor. Shuning uchun biz pediatrik koykalar zaxirasini ham tayyorlayapmiz va pediatr kadrlarni ham tayyorlash rejalashtirilgan”, - dedi u “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

Avvalroq 17-sentabr kuni O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi boshlangan buyon birinchi marta 11 yoshli bola vafot etgani ma’lum bo‘lgandi.

Deti v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birorta ham bola koronavirusdan vafot etmadi - Maxsus shtab

Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahrida istiqomat qilgan 11 yoshli fuqaro 5-sentabr kuni tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga tez tibbiy yordam mashinasida olib kelingan. Bolada o‘sha vaqtda burundan qon ketishi, tana haroratining 38 darajaga ko‘tarilishi, nafas siqishi kuzatilgan. Ko‘krak qafasi rengeni qilinganda 50 foiz zararlanish aniqlangan.

Bola 2012-yildan buyon surunkali glomerulonefrit, nefrotik shakli, surunkali buyrak yetishmovchiligi, kamqonlik va semizlikning uchinchi darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan va nogironlik nafaqasi olib kelgan.

Ko‘rilgan davo choralariga qaramasdan, bemor surunkaln glomerulonefrit, buyrak yetishmovchilining terminal bosqichi, semizlik va anemiyaning uchinchi darajasi,  ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir shakli natijasida vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0