TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda soat 10.00 holatiga koʻra koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 50 634 nafarni tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Shuningdek, Andijon viloyatida -21, Xorazm viloyatida - 16, Jizzax viloyatida - 15, Toshkent viloyatida - 13, Samarqand viloyatida -10, Qashqadaryo viloyatida - 8, Surxondaryo viloyatida - 7, Qoraqalpogʻiston Respublikasida - 5 hamda Fargʻona viloyatida 3 nafar koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan.
Oʻrtachirchiq tumanida 60 yoshli ayol hamda Yunusobod tumanida 63 yoshli ayol koronavirus oqibatida vafot etishgan. Qurbonlar soni 423 nafarga yetdi.
Ayni paytda Oʻzbekistonda 46 645 (92 foiz) koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.