30 milliondan oshib ketdi. COVID bo‘yicha jahon statistikasi yangilandi

Obuna bo‘lish
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda hozirga qadar koronavirus infeksiyasini yuqtirgan insonlar soni 30 181 110 nafarga yetgan. Ulardan yarmidan ko‘pi, koronavirusni yuqtirganlar soni eng ko‘p bo‘lgan uchta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Dunyoda pandemiya boshlanganidan buyon aniqlangan koronavirus holatlari 30 milliondan oshib ketdi. Jonsa Xopkins tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 1-oktabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda hozirga qadar koronavirus infeksiyasini yuqtirgan insonlar soni 30 181 110 nafarga yetgan. Ulardan yarmidan ko‘pi, koronavirusni yuqtirganlar soni eng ko‘p bo‘lgan uchta davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

17 sentabr kuni bir sutkada dunyo bo‘yicha 314 ming kishi infeksiyani yuqtirgan.

Koronavirusga chalinish holati eng ko‘p AQShda aniqlangan – 6,6 million holat, Hindistonda – 5,2 million va Braziliyada – 4,4 million. Rossiya 17-sentabr holatiga ko‘ra 1,08 million ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinda kelmoqda.

Infeksiya oqibatida 945 ming kishi vafot etgan (qurbonlar soni AQSh, Braziliya va Hindistonda eng ko‘p).

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 17-sentabr soat 10.00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi 50 mingga yaqinlashgan.

Yangiliklar lentasi
0